Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Twitter’ga qaytish rejalari borligini tan oldi. Bu haqda sobiq siyosatchi jurnalist Xyu Xyuittga bergan intervyusida gapirdi. Shu bilan birga, suhbat chog‘ida Tramp bunga hozircha ehtiyoj sezmayotganini ta’kidladi.

Foto: “RIA Novosti”

“Xohlagan vaqtda Twitter’ga qaytishim mumkin. Menda rejalashtirilgan ba’zi g'oyalar bor. Lekin, bilasizmi, shunchaki bunga zarurat yo‘q”, — dedi u.

Shuningdek, Trampning soʻzlariga koʻra, agar 2021-yilda Twitter va Facebook uning akkauntlarini bloklamaganida edi, hozir bu ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 200 milliondan 250 milliongacha yetgan boʻlardi.

Eslatib o‘tamiz, Twitter Donald Trampning akkauntini “bir umrga” bloklab qo‘ygandi. Keyinroq Amerikaning sobiq rahbari uning postlarisiz ijtimoiy tarmoq zerikarli ekanini aytdi. 2022-yilda Twitter’ni sotib olgan milliarder Ilon Mask Trampning akkauntini tikladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 64 yoshli shifokor bemorning eri tomonidan kaltaklandi 
Mahalliy
Toshkentdagi plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in chiqdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi