Davlatga tegishli bo‘lgan “Texnik ta’minlash va butlash boshqarmasi” kimoshdi savdosida 80,2 mlrd so‘mga sotildi. Ma’lumotlar E-auksion portalida e’lon qilingan.
Boshqarma Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan. U auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentlgi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan prezident qaroriga asosan chiqarilgan.
Kompaniya umumiy 18,3 gektar bo‘lgan yer maydoniga ega. Debitorlik qarzdorligi kreditiorlik qarzdorligidan ko‘proq. O‘rtacha yillik ishchilar soni — 400 nafar.
Davlat korxonasining 100 foiz ulushi auksionda 16-yanvar kuni 80,2 mlrd so‘mga Ofeles Solution kompaniyasiga sotilgan va bu yanvardagi eng qimmat sotilgan lotdir.
Ofeles Solution ta’sischisi Oybek Izbasarov bo‘lib, u “Texnik ta’minlash va butlash boshqarmasi”ni sotib olgan kompaniyadan tashqari yana 9 ta kompaniya ta’sischisi hisoblanadi.
Izoh (0)