Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirigida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Usmon Sharifxo‘jayev maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: “Daryo” 

Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev, Uzoqboy Begimqulov maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Temurjon Komilov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida, Dilshod Kenjayev prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida, Uzoqboy Begimqulov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Dilshod Kenjayev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Uzoqboy Begimqulov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Alisher Ubbiyev ushbu vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan:

  • Baxodirjon Onorboyev maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimidan;
  • Ibrohim Jo‘rayev va Voxobjon Rajapov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Hilola Umarova rahbarlik qilib kelmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi
Sport
Muhammad Alining suv ostida tushgan mashhur surati tarixi: bokschi suzishni bilmasa ham basseynga tushgan
Mahalliy
“1845 ta attraksionning atigi 5-6 foizi nazoratdan o‘tgan, qolganining texnik holati nomaʼlum”. Istirohat bog‘laridagi attraksionlar haqida maʼlumot berildi