Navoiy shahridagi “Yoshlik” ko‘lida sovuq sababli o‘rdaklar yopishib qoldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘rganish davomida qushlar orasida nobud bo‘lganlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida dron uchirilib, qushlar joyidan qo‘zg‘atilgan.
Dron tasvirlariga ko‘ra, qushlar orasida nobud bo‘lganlari mavjud emasligi aniqlangan. Shuningdek, “Yoshlik” ko‘lida bugungi kunda yovvoyi o‘rdaklar qishlamoqda.
Sovuq kunlarda qushlar nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida 18-yanvar kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘l atrofiga don sochilgan.
Mavzuga doir: Namanganda hosil bo‘lgan sun’iy ko‘l muzlab, aholining eng sevimli maskaniga aylandi
Izoh (0)