Tojikiston o‘zining ilk mobil telefonlari — Vira (forscha “aqlli”) deb nomlangan “knopkali” telefonlar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Asia-Plus” nashri ishlab chiqaruvchi korxona hisobotiga tayanib, xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, birinchi model — Vira Model V1 Dushanbedagi “Oriyon elektroni” zavodida yig‘iladi. Ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar Tailand, Koreya, Xitoy, Tayvan va boshqa mamlakatlardan keltiriladi.
Telefon xotirasi 100 Mb ni tashkil qiladi. Unga 32 Gb xotira kartasini o‘rnatish mumkin. Qurilma fleshli 1,3 megapikselli old kameraga ega. Batareya 4—5 kunga yetadi. Ushbu telefon yordamida radioni qo‘shimcha dasturlar va naushniklarsiz tinglash mumkin.
Telefonning interfeysi va operatsion tizimi 4 tilda — ingliz, fors, turk va rus tillarida yaratilgan, chunki ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)