Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”ning vazifasi Donbassda yashovchi aholini himoya qilish ekanini aytdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
“Bugungi kunda qilayotgan har bir ishimiz, shu jumladan, maxsus harbiy operatsiya urushni to‘xtatish va Donetsk hamda Lugansk hududlarida yashovchi xalqimizni himoya qilishga urinishdir. Bu bizning tarixiy hududlarimizdir”, — dedi u.
Putin Ukrainada 2014-yildagi davlat to‘ntarishidan keyin sodir bo‘layotgan voqealarga Rossiya munosabat bildirmay chetda turolmasligini ta’kidladi.
“Biz uzoq vaqt chidadik, kelishuvga erishishga harakat qildik. Endi aniqlanishicha, bizni burnimizdan sudrab, aldab yurishgan. Bu biz bilan birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q”, — dedi u.
Shunindgek, Putin Rossiya tomoni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solganini aytdi. Biroq Ukraina mojaroni “o‘tkir va alangali bosqichga” o‘tkazishga tayyorlanayotganini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)