O‘zbekiston xalq artisti, sirk ustasi Hakim Zaripov 18-yanvar kuni 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, marhum 1924-yilning 17-sentabrida Toshkent shahrida tavallud topgan, 1947-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.
Hakim Zaripov o‘z mehnat faoliyatini 1942-yilda “O‘zbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan. U 1946–1997-yillar davomida sirk san’atining ustasi, iqtidorli chavandoz, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida faoliyat yuritgan.
“Hakim Zaripov o‘zbek sirki san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan usta, badiiy va ijodiy guruh rahbari, otasining ishini munosib davom ettirgan, respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan tomoshalarda qatnashib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan, butun dunyoga o‘zbek sirkini tanishtirgan artist sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehnat faxriysi edi.
Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)