So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Iqtisodiyot

    Elektr energetika sohasini isloh qilishning Meksika tajribasi o‘rganildi

    5 yanvar, 22:59 24051

    Elektr energetika sohasini isloh qilishning Meksika tajribasi o‘rganildi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Meksikaning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

    O‘rganilayotgan yillarda Meksikaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari nisbatan ijobiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham mamlakatdagi aholining daromadlar tengsizligi va kambag‘allik darajasining yuqoriligi asosiy og‘riqli nuqtalardan biri bo‘lgan.

    Chunki o‘sha davrlarda Meksikaning pul-kredit va budjet-soliq siyosati aniq belgilangan fiskal qoidalar hamda inflyatsiyani jilovlash (targetlash) maqsadlariga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.

    Aholining daromadlar tengsizligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblangan Jini koeffitsiyenti 2000-yilda 0,48 ni tashkil etgan. Shu davrda Meksika umumiy aholisining 46 foizga yaqini kambag‘allik darajasida, shundan 10 foizga yaqini esa qashshoqlik darajasida hayot kechirar edi.

    Elektr energetikasi sohasidagi davlat tashkilotlarining hukmronligi

    Elektr energetikasi sohasi davlatga tegishli Comision Federal de Electricidad CFA (Elektr energetikasi bo’yicha federal komissiya) tashkiloti tomonidan boshqarilar edi.

    Mazkur tashkilot jami ishlab chiqariladigan elektr energiyasining to‘rtdan uch qismini ishlab chiqarish bilan birga, yetkazib berish va taqsimlash bo‘yicha ham to‘la nazoratni o‘z qo‘liga olgan edi.

    1992-yilda amalga oshirilgan islohotlar sababli sohaga xususiy sektor vakillari kirib kelishni boshladi, biroq xususiylashtirish islohotlaridagi muvaffaqiyatsizliklar sababli, xususiy sektor ulushi bor yo‘g‘i to‘rtdan bir qismini tashkil qildi.

    Elektr energiyasi uchun o‘rnatilgan tariflarning iqtisodiy jihatdan samarasizligi

    Elektr energetikasi uchun tariflar xarajatlarni qoplash darajasidan past belgilangan edi. O‘sha davrlarda Meksikada elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatga nisbatan iste’molchilar to‘lovining pastligi sababli qoplanmas edi.

    Masalan, aholi uchun tariflar xarajatlardan 40 foizgacha, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchilari uchun 30 foizgacha past belgilangan edi. Boshqa sohalarda berilgan subsidiyalar nisbatan kamroq bo‘lsa-da elektr energiyasini ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetmas edi.

    Subsidiyalarning turlari va asosiy xususiyatlari

    Meksikada Moliya vazirligi tariflarni belgilovchi asosiy vakolatli organ bo‘lib, tariflar har oyda bo‘ladigan ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berishning bozor xarajatlari bo‘yicha emas balki ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xom ashyo narxiga moslab belgilanar edi.

    Umumiy tarif tizimi ham ancha murakkab shaklda tuzilgan bo‘lib, bunda uy xo‘jaliklari uchun yuzlab turli to‘lov tariflari amal qilar edi. Asosiy tariflar blok tariflari sirasiga kirganligi uchun kam iste’mol qiluvchilarga ko‘proq subsidiyalar berilishiga sabab bo‘lar edi.

    Shuningdek, “yozgi subsidiyalar” deb nomlangan alohida imtiyozli tarif tizimi bo‘lib, ular issiq hududlarda yashaydigan aholiga, sovitish uskunalaridan foydalanganligi uchun sarflagan elektr energiyasi uchun berilardi.

    Subsidiyalar fiskal yuki (budjet xarajatlari)ning oshishiga olib keldi

    2011-yilda elektr energiyasi uchun berilgan subsidiyalar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,5 foizini tashkil qildi hamda ushbu ko‘rsatkich keyingi o‘n yillikda o‘zgarmadi.

    Shu bilan birga davlatning subsidiya siyosati ochiq va shaffof yuritilmas edi. O‘sha vaqtlarda Meksikada Aprovechamiento deb nomlangan tizim amal qilib, unga ko‘ra elektr energiyasi ustidan nazorat qiluvchi tashkilot (CFA) davlatga asosiy vositalardan olingan daromad shaklida 9 foizlik to‘lovni amalga oshirishi lozim edi.

    Biroq subsidiya siyosati sababli davlat ushbu to‘lovni qaytadan CFA’ga o‘tkazib berar edi. Elektr energetika tizimidagi iqtisodiy samarasizlik natijasida 2002-yildan boshlab davlat subsidiyalarni o‘rnini qoplash bo‘yicha jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kela boshladi.

    O‘tkazilgan islohotlar va olingan tajribalar

    Meksikada elektr energetikasi sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir necha bosqichli islohotlar ko‘zlangan natija bermay, muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

    Dastlabki keng qamrovli islohotlar 1999-yilda boshlanib, asosiy e’tibor elektr energiyasi bozorini xususiylashtirishga qaratildi. Prezident Zedillo boshchiligida sohani har tomonlama isloh qilishga qaratilgan islohotlar dasturi e’lon qilindi.

    Ushbu dasturda elektr energiyasi ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berish sohalarini alohida yo‘nalishlarga ajratish, jadal xususiylashtirish, yangi ulgurji energiya bozorini tuzish va bozorni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish maqsad qilindi.

    Biroq bir qancha sabablarga ko‘ra mazkur islohotlarning natijadorligi kutilganidek bo‘lmadi va sohada jiddiy o‘zgarishlar amalga oshmadi. Bunga quyidagilarni asosiy sabablar sifatida keltirish mumkin:

    1. Huquqiy to’siqlar va kamchiliklar:
    • Amaldagi qonunchilikni xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli emasligi;
    • Qonunchilik hujjatlarida, jumladan konstitutsiya darajasida energetika sohasida xususiy sektor ishtirokini kafolatlash mexanizmining yo‘qligi;
    1. Sohadagi manfaatdor guruhlar tomonidan bo‘lgan qarshiliklar:
    • Elektr energiyasi iste’molchilarining turli ko‘rinishdagi noroziliklari;
    • Sohadagi davlat tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarning kasaba uyushmalari orqali xususiylashtirishga nisbatan qarshilik ko‘rsatishga urinishlar.
    1. Jamoatchilik ishtirokining sustligi:
    • Elektr energetikasida yuzaga kelgan muammolar haqida jamoatchilik orasida yetarli bilim va tushunchalarning cheklanganligi;
    • Xususiylashtirishga nisbatan iste’molchilar orasida salbiy fikrlarning saqlanib qolganligi.
    1. Siyosiy sabablar:
    • Davlat tashkilotlari tomonidan siyosiy uyushqoqlikni ta’minlanmaganligi;
    • Islohotlarni amaliy natijadorligini ta’minlash va oxiriga yetkazishda yetarli siyosiy iroda ko’rsatilmadi (bunga 2000-yilda bo‘ladigan saylov asosiy sabab sifatida ko‘riladi).

    Keyingi islohotlar va olingan natijalar

    2002-yilda subsidiyalarni qisqartirish bo‘yicha yangi tarif islohotlari o‘tkazildi. Elektr energiyasini ko‘p iste’mol qiladigan iste’molchilar uchun uzoq muddatda marjinal xarajatlarni (qo‘shimcha iste’mol uchun xarajat) qoplashga qaratilgan yangi tarif tizimi ishlab chiqildi.

    Biroq mazkur tarifning joriy qilinishi maqsad qilinganidek subsidiyalarning umumiy hajmi qisqarishiga olib kelmadi, sababi ko‘p iste’mol qiluvchi subyektlarning “yozgi subsidiyalar” hisobiga qayta tasniflanishiga olib keldi.

    Yuqorida ta’kidlanganidek, “yozgi subsidiyalar” issiq hududlarda yashovchilar uchun taqdim qilinadi va jami subsidiyalarga nisbatan katta ulushni tashkil qiladi.

    Islohotlar davrida bo‘ladigan salbiy ta’sirlarni yumshatish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar

    “Yozgi subsidiya” ajratish tizimida mamlakatning issiq hududlarida yashovchi iste’molchilar havo haroratiga muvofiq oltita guruhga ajratildi. Xususan, 25ºC, 28ºC, 30ºC, 31ºC, 32ºC va 33ºC issiqlik guruhlariga.

    Birinchi guruhdan oltinchi guruhga qarab subsidiya hajmi oshib boradi. Mazkur tizimning salbiy jihati shundaki, ko‘plab iste’molchilar eng yuqori harorat guruhiga o‘tishga intilib keladi va ko‘proq subsidiya olishi hisobiga davlat uchun subsidiya yukining ortishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    Ijtimoiy himoyaga qaratilgan Oportunidades dasturi

    Mazkur davrda Meksikada maqsadli ijtimoiy ko‘maklar berishning yangi samarali dasturi (dasturning rasmiy nomi Oportunidades) joriy qilingan bo‘lib, dastur ancha muvaffaqiyatga erishgan edi.

    Mazkur dastur eng yuqori qashshoqlik darajasidagi oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, asosan oiladagi farzandlarning ta’lim olishi va oila a’zolarining tibbiy xizmatlardan foydalanishini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. 2008-yilda bu dasturdan 5 millionta oila doimiy ijtimoiy ko‘mak olgan.

    Dastur nafaqat ta’lim va tibbiy xizmatlar uchun, energiya iste’moli uchun ham imtiyozlar taqdim qiladi. Mazkur islohot, boshqa elektr energiyasi va yoqilg‘i sanoatida qilingan islohotlarga nisbatan ancha samarali amalga oshirildi.

    Ushbu dasturga sarflangan mablag‘lar davlatning jami elektr va yoqilg‘iga sarflaydigan subsidiya hajmining faqatgina yigirma foiziga teng miqdorni tashkil qildi.

    Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar:

    • Elektr energetikasi islohotlari uchun Oportunidades dasturi yutuqlaridan yetarlicha foydalanilmaganligi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan biri deyish mumkin;
    • Subsidiyalarni ajratishda ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarga ustunlik berish, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti yaxshi qatlamlarning subsidiyalardan birdek foydalanishi bilan bog‘liq notenglik holatlariga e’tiborni qaratish ekspertlar tomonidan doimiy muhokamadagi mavzu deyish mumkin;
    • Shuningdek, yozgi subsidiyalar ajratish tizimidagi, eng ko‘p subsidiya oladigan guruhga noqonuniy yo‘llar bilan qo‘shilib olayotgan iste’molchilar yuzasidan shaffof va adolatli nazoratni yo‘lga qo‘yish masalasi dolzarb hisoblanadi.

    Asosiy olingan saboqlar

    Meksikada tajribasi islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi sabablarni tahlil qilish va tushunish imkonini beradi:

    • Yuqoridan pastga qarab boshqariluvchi davlat tashkilotlari islohotlarni sekin va samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin;
    • Siyosiy jihatdan davlat tashkilotlari orasida hamfikrlikning yetishmasligi, energetika sohasini boshqarishda davlat hukmronligini ta’minlovchi qonunlarning o‘zgarmasligi o‘z o‘rnida islohotlar o‘tkazishni qiyinlashtiradi;
    • Sohani xususiylashtirish haqida jamoatchilikka yetarli va to‘g‘ri ma’lumotlar berilmasligi islohotlarga qarshilikni kuchaytiradi;
    • Subsidiya ajratishda iste’molchilarni ko‘p sonli guruhlariga ajratish umumiy subsidiya hajmini kamayishiga olib kelmaydi, balki oshirishi mumkin. Bunda iste’molchilar yuqori subsidiya guruhiga o‘tishga intiladi;
    • Ijobiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar islohotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yetarli hisoblanmaydi;
    • Islohotlarning foydasi va zarurligi haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar hamda subsidiya ajratishda shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish islohotlarni muvaffaqiyatli o‘tishida muhim hisoblanadi.
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?