Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov amaldorlarni rus tilida hujjat yuritayotgani uchun tanqid qildi. Bu haqda u respublika Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida gapirdi.
Japarovning ta’kidlashicha, qirg‘iz davlat xizmatchilari hujjatlarni faqat rus tilida yuritishi noto‘g‘ri. “Hujjat yuritishda davlat tilining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi kerak”, — dedi prezident.
Shuningdek, u mamlakatda har bir fuqaroning qirg‘iz tilida ravon so‘zlashi va yozishi uchun sharoit yaratishga chaqirdi. “Tilga bunday loqayd munosabat davom etaversa, davlat tili rivojlanmaydi”, — deya xavotir bildirdi siyosatchi.
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlan Shakiyev ekologiya vaziri Dinara Qutmanovaga rus tilida ma’ruza o‘qishga ruxsat bermagan edi.
Izoh (0)