Qozog‘istonning Turkiston viloyatida politsiyachilar 26 nafar fohishani qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.
Sariag‘ash shahrida qo‘shmachilik va fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq holatlar aniqlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari chog‘ida sauna va xostellar administratorlari qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan besh kishidan iborat ikkita jinoiy guruh yengil tabiatli qizlarni yig‘ib, fohishaxona tashkil qilgan. Bundan tashqari, sauna va xostellarni ko‘zdan kechirish chog‘ida 26 nafar yengil tabiatli qizlar aniqlangan, ular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, pul evaziga intizm xizmatlarni taqdim etgan.
Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan, pul mablag‘lari va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan. Sudgacha surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)