“O‘zgidromet” bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi aksar hududlarda qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi. Mutasaddi bu haqda Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Markaz mutaxassisi Erkin Abdulahatovning yozishicha, 30—31-dekabr hamda 1-yanvar kunlarida Toshkentda 4 iqlim model mahsulotlaridan ikkitasi yog‘ingarchilik (yomg‘ir-qor) bo‘lishini ko‘rsatgan.
25-dekabrdan so‘ng xizmat markazi tomonidan 31-dekabr uchun respublika bo‘ylab hududlar kesimida to‘liqroq formatda ob-havo prognozlari taqdim etiladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)