Hukumatning 16-dekabrdagi tegishli qarori bilan Azimjon Qurbanbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
U 2022-yilning 31-oktabrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Azimjon Qurbanbayev 1975-yili Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 1998-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tugatgan. Tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Arxitektura rejalashtirish byurosi bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin esa bir muddat esa Ellikqal’a tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Qurbanbayevgacha qurilish vaziri bo‘lib ishlayotgan Jalg‘asbay Berdixanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilingan.
Izoh (0)