“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1993-yildan buyon Visa International’ning prinsipial a’zosi bo‘lib, 1994-yilda mamlakatda birinchi bo‘lib Visa xalqaro to‘lov kartalarini chiqarishni boshladi. Bunday uzoq muddatli hamkorlik davrida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. “O‘zmilliybank” AJ mamlakatda to‘lov tizimini rivojlantirishga asos soldi va innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish hamda joriy etishda tashabbuskor bo‘ldi:
- Visa kartalari bilan elektron tijorat xizmatini ishga tushirgan birinchi bank;
- “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi va Visa Infinite premium klass kartalari bilan premium kobrend kartalarini chiqargan birinchi bank;
- Visa Direct xizmati bilan p2p o‘tkazmalarini amalga oshirgan birinchi bank;
- 3D Secure 2.0 onlayn to‘lovlar uchun xavfsizlik protokoliga o‘tgan birinchi bank;
- Visa Platinum kartasi asosida Solfy to‘lov kartasini chiqargan birinchi bank.
Visa xalqaro to‘lov tizimi bank tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va “O‘zmilliybank” AJni uchta yo‘nalish bo‘yicha g‘olib deb topdi:
- “Eng yaxshi biznes kartalari emitenti”;
- “Birinchi to‘lov kartasini ishga tushirish”;
- “Xavflarni boshqarish bo‘yicha yetakchi”.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)