Turkiya 2023-yildan turistlardan turar joy uchun soliq undirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
Soliq mehmonxonalarda, kurort posyolkalar, butik mehmonxonalar, motellar, pansionatlar, qishloqlar, tog‘ tepasidagi uylar va oromgohlarda qoladiganlarga taalluqli bo‘ladi.
“Soliq stavkasi ikki foizni tashkil etadi. Mehmonxonalar, dam olish markazlari va oromgohlar ham soliqqa tortiladi, faqat tunab qolishga mo‘ljallangan joylar bundan mustasno”, — deyiladi xabarda.
Ammo talabalarni yotoqxona, xostel va lagerlarga joylashtirish xizmatlari ushbu to‘lovdan ozod qilinadi. Xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari ham soliq to‘lamaydi.
Turkiya hukumati turistik turar joy solig‘ini joriy etishga 2019-yilda qaror qilgandi, biroq bu qonunning kuchga kirishi koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Ayni paytda turk mehmonxonalari yangi soliqni bir necha bor tanqid qilgan, biroq bu e’tiborga olinmagan.
Izoh (0)