Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi
Shveysariyaning IMD biznes maktabi yuqori malakali mutaxassislar uchun mamlakatlar jozibadorligini baholovchi World Talent Ranking 2022 reytingini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda IMD uchta asosiy omilga e’tibor qaratadi: investitsiyalar va rivojlanish (mamlakat o‘z xodimlarini tayyorlash uchun ajratadigan resurslarni baholash), jozibadorlik (xodimlarni ishdagi xarajatlari) va atrof-muhit holati (mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi ega bo‘lgan ko‘nikma va malakalar darajasi).
Shunday qilib, reytingda oltinchi yil ketma-ket birinchi o‘rinni Shveysariya egallab turibdi. Mamlakat siyosatning barqarorligi va prognozliligi, ishchi kuchining ta’lim darajasi va malakasi bo‘yicha yetakchi.
Ikkinchi o‘rinni Shvetsiya, uchinchi o‘rinni Islandiya egalladi. Bundan tashqari, Shvetsiya 2022-yilda ushbu reyting bo‘yicha to‘rt pog‘onaga ko‘tarildi.
Ushbu reytingda Norvegiya uchinchi o‘rinda, Daniya esa beshinchi o‘rinda joylashgan.
63 ta mamlakat kiritilgan ushbu ro‘yxatda Markaziy Osiyo mintaqasidan faqatgina Qozog‘iston joy olgan. U reyting bo‘yicha o‘tgan yilgidan 2 pog‘onaga yuqorilab, 39-o‘ringa chiqqan.
Rossiya va Ukrainadagi vaziyatni ishonchli baholashning imkoni yo‘qligi sababli ular bu yilgi monitoringga kiritilmagan.
Lekin reyting 2022-yilning fevral va sentabr oylarida Ukrainada urush boshlanishi va safarbarlik munosabati bilan rossiyaliklar ommaviy ravishda chiqib ketgan davlatlarning pozitsiyalarini aks ettiradi.
Kelajakda ta’lim darajasining mamlakatlar jozibadorligi omili sifatidagi ahamiyati pasayadi — globallashuv va jahon hamkorligi tufayli ko‘rsatkich qiymatlaridagi tafovut doimiy ravishda torayib bormoqda.
Hayot sifati va iqtisodiy barqarorlik bugungi kunda hal qiluvchi omillarga aylanib bormoqda.
2018-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda Saudiya Arabistoni (30-o‘rin) jozibadorlik darajasini eng ko‘p oshirishga muvaffaq bo‘ldi — hayot sifatini yaxshilash orqali xuddi shu ko‘rsatkich Chexiya, Slovakiya, Mo‘g‘uliston va Xorvatiya reytingidagi o‘rnini yaxshiladi.
Avvalroq yashash uchun eng qimmat dunyo shaharlari reytingi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.