Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘pgina mashhurlar farzandlarini ommaviy axborot vositalaridan yashiradi, ularning hayotini ommaga ko‘rsatmaydi. Biroq boshqa mashhurlardan farqli ravishda, Bollivud yulduzi Shohrux Xon oilasi haqidagi ma’lumotlarni muxlislaridan sir tutmaydi. Uning farzandlari ham ijtimoiy tarmoqlarga suratlarini joylaydi, yangi loyihalarda suratga tushadi, umuman olganda, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga harakat qiladi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shohrux Xon boshqa yulduzlardek yo‘l tutmadi. Birinchidan, u yoshligida juda ham “ochiq” inson bo‘lgan, ikkinchidan, uning qarindoshlari juda kam edi, shuning uchun aktyor rafiqasi va bolalari bilan ommaga ko‘rinishni yaxshi ko‘rardi, shuningdek, kichkina Aryan va Suhanani o‘zi bilan birga suratga olish maydonchasiga olib borardi.  Shohrux Xon ommadan qochmadi va bolalarni kameralardan yashirmadi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Biroq Aryan hech qachon kamerani yoqtirmagan. U tug‘ilganidan beri fotosuratlarga qovog‘ini solib tushadi. Aktyorning qizi Suhana esa diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘rardi. Natijada u rejissor Zoya Axtarning “Archi” loyihasida aktrisa sifatida debyut qildi. Aryan sahna ortida qolishni tanladi va o‘z faoliyatini ssenariy muallifi sifatida boshladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shohrux Xon va Gauri o‘z farzandlarini cheklashni, kamtarona kiyimlar, yopiq mashinalar va tansoqchilar orqasida yashirishni tanladi, yoki ular farzandlarining hayotini oddiy bolalar kabi o‘tkazishini istagan bo‘lishi ham mumkin. Mashhurlar kamdan-kam hollarda farzandlarini shunday tarbiyalaydi. Natijada aktyorning farzandlari o‘ziga ishongan, tarbiyali inson bo‘lib ulg‘aydi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Aktyorning to‘ng‘ich o‘g‘li Aryanga “kamalak bolasi” deb ta’rif berish mumkin. Gauri Xon uning tug‘ilishidan oldin og‘ir homiladorlikni boshdan kechirgan va bu homilaning tushishi bilan yakunlangan. Gauri Xon 1997-yilning 13-noyabrida o‘g‘il farzandni, ya’ni Aryan Xonni dunyoga keltiradi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Ko‘p yillar o‘tgach, oilada uch farzand tug‘ilgandan so‘ng, Shohrux Xon: “To‘ng‘ich o‘g‘limiz Aryan tug‘ilishidan oldin, Gauri bir necha marta homilador bo‘ldi. Uchinchi farzand bilan biz tavakkal qilmadik, shuning uchun surrogat onaga murojaat qildik”, — deb fikr bildirgan.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Hozirda aktyorning to‘ng‘ich farzandi Aryan Xon 25, Suhana 22, Abram esa 9 yoshda.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Aryan 14 yoshga to‘lganda, Shohrux va Gauri uni paparatsilardan yashirish uchun Londondagi kichik xususiy maktabga yubordi. Oradan bir necha yil o‘tib Suhana ham unga qo‘shildi. U otasining kasbini davom ettirmoqda, Aryan esa hech qachon filmlarda rol o‘ynashni xohlamagan.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

“Aryanda qahramon bo‘lish uchun zarur bo‘lgan narsa yo‘q va u ham buni tushunadi. Biroq u yaxshi ssenariy muallifi. O‘ylaymanki, aktyor bo‘lish istagi uning ichida paydo bo‘lishi kerak. Esimda, Aryan oldimga kelib: ‘Men rol o‘ynashni xohlamayman, menga sahna ortidagi ijodiy jarayon yoqadi’, — dedi. Biz u o‘rta maktabdan keyin qayerga borishi haqida o‘ylay boshladik va Los-Anjelesdagi kino maktabining rejissorlik bo‘limini eng yaxshi variant deb qaror qildik”, — deydi Shohrux Xon.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shohrux Xon har doim intervyularida farzandlarining aktyor bo‘lishini istashi haqida gapiradi. Bolaligida Aryan otasi ishtirokidagi “Gohi shodlik, gohi g‘am” filmida katta ekranlarda paydo bo‘ldi. Biroq u aktyorlikni davom ettirmadi va sportni afzal ko‘rdi. Aryan taekvondo bo‘yicha qora belbog‘ga ega va 2010-yilda Maxarashtra shtatidagi musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shohruxning Suhana ismli qizi 2000-yil 22-may sanasida tug‘ilgan, u ham sportga mehr qo‘ygan. Biroq Shohrux uni aktrisa sifatida ko‘rishni orzu qilgan. Suhana “Kulrang — ko‘kning bir qismi” qisqa metrajli filmida rol o‘ynagan va aktyorlik tajribasiga ega. U kinodagi ilk debyutini Zoya Axtarning filmida qilgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Shohruxning kenja o‘g‘li Abram 2013-yilning may oyida surrogat ona orqali dunyoga kelgan. Kichkintoy ham bolaligini otasi bilan sayohat qilish va omma oldida chiqishlar bilan o‘tkazdi. Bir yoshida u 2014-yilda suratga olingan “Yangi yilingiz bilan” filmining so‘nggi sahnalarida paydo bo‘ldi va tomoshabinlarda ijobiy his-tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Ko‘pchilik hanuzgacha kinoteatrlarga tomoshabinlarni olib kelgan va Farah Xonning unchalik katta ma’noga ega bo‘lmagan komediyasini muvaffaqiyatsizlikdan saqlab qolgan Abram Xon ekaniga ishonadi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Hozirda Abram ulg‘aygan bo‘lsa ham, omma oldida ko‘rinish bermaydi. Shohrux Xon Red Chillies kinokompaniyasining egasi bo‘lib, uni o‘z farzandlariga meros sifatida o‘tkazdi. O‘tgan yili Xon oilasi uchun og‘ir yil bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Buning asosiy sababi Aryanning kruiz kemasida reyd paytida hibsga olinishi va undan keyingi giyohvand moddalar ishi bo‘ldi. Aryan oilasiga qo‘yib yuborilgunga qadar bir oy qamoqda o‘tirdi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shohrux Xonning kinokompaniyasi raqamli platforma bilan qo‘shma loyiha yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu Aryan tomonidan yozilgan ssenariyning veb-seriyasi va badiiy filmi bo‘ladi. Bundan tashqari, Netflix veb-serialida Suhananing aktyorlik debyuti ham bo‘ladi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Hozirda Shohrux Xon aktrisa Dipika Padukone bilan suratga tushgan “Pathan” nomli ayg‘oqchilar haqidagi filmning trillerini chiqarishga tayyorlanmoqda. Shunday qilib, 2023-yilda ko‘p farzandli otada faxrlanish uchun ko‘proq sabablar bo‘ladi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi