Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab elektromobillariga to‘liq o‘tishga kelishib oldi. Ittifoqqa a’zo davlatlar o‘z hududida 13 yildan keyin ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotish va ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Qaror Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullangan. Shu bilan birga, bir qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari, xususan, Volkswagen, Yaguar, Ford, Bentley Motors, Peugeot, Citroen va Fiat 2035-yilgacha o‘zlarining Yevropa liniyalarida faqat elektromobillarni qoldirishlarini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur kelishuv yetakchi konsernlar boshqa mintaqalar uchun an’anaviy avtomobillar ishlab chiqarishni davom ettirishini istisno qilmaydi.

2035-yildan boshlab benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni to‘liq taqiqlashdan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari CO2 emissiyasining yanada keskin standartlarini joriy etishga kelishib oldi. 

2030-yilga kelib ularni 2021-yil darajasiga nisbatan 37,5 foizga emas, avvalroq rejalashtirilganidek 55 foizga kamaytirishga qaror qilindi.

Avvalroq O‘zbekistonda ikki yilda elektromobil importi 20 barobar oshgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi