O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o‘z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi.Uning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy intilishi alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, so‘nggi yillarda u O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi”, — deyiladi TIV xabarida.
Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 26-noyabr kuni vafot etgandi. 64 yoshli vazirning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
U 2012-yil 22-avgustdan beri Belarus tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Vladimir Makey favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega bo‘lgan.
Vladimir Makey SHHT sammiti doirasida O‘zbekistonga kelgan va 14-sentabr kuni Vladimir Norov bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)