Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, 21-noyabr, dushanba kuni  O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. Faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining ba‘zi joylarida frontal bulutli chiziqlar o‘tishida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Kunduzi havo harorati 13-15 daraja iliq, janubda 18-21 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Seshanba kunidan boshlab va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 6-8 darajaga ko‘tariladi. Kunduzi havo harorati seshanba kuni 15-17 darajagacha, so‘ng esa 18-20 darajagacha, ba’zi joylarda 23 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

21—22-noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shu kunlarda respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov