Yevroittifoq va Buyuk Britaniya 15—16-noyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Rossiya delegatsiyasining chiqishlariga boykot e’lon qilmoqchi va Rossiyaning yakkalab qo‘yilishiga erishmoqchi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.
Gazeta qayd etishicha, mamlakatlar, shuningdek, Rossiyani Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirib, tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha muzokaralar Kiyev uchun maqbul shartlar bilan o‘tishi kerakligini bildiradi.
Avvalroq forumda Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rahbarlik qilishi ma’lum bo‘lgan edi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda shaxsan ham, videoaloqa orqali ham qatnashmoqchi emas. Bloomberg yozishicha, Putin boshqa mamlakatlar yetakchilari bilan potensial ziddiyatdan qochish uchun shunday qaror qabul qilgan.
Noyabr boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sammitda Vladimir Putin qatnashadigan bo‘lsa, u bormasligini aytgandi. Bir necha kundan keyin prezidentning matbuot kotibi Sergey Nikiforov Zelenskiy sammitda, katta ehtimol bilan, onlayn tarzda qatnashishini ma’lum qildi.
Izoh (0)