Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ma’lumot uchun, Vengriya 2018-yildan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
Izoh (0)