Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, keyingi paytlarda koronavirusning yangi paydo bo‘layotgan barcha mutatsiyalari omikron shtammi subvariantlaridir. AQSH olimlari fikricha, ular orasida BQ.1 va BQ.1.1 versiyalari nisbatan xavotirli hisoblanadi.
Qayd etilishicha, bu variantlar immunitetga oson chap berish xususiyatiga ega. Qolaversa, avvalgi shtammlarga nisbatan inson hujayralari bilan yaxshiroq aloqaga kirisha oladi. Ayni paytda mazkur mutatsiyalar AQSH va Yevropada keng tarqalmoqda. Xususan, Qo‘shma Shtatlarda uning ulushi 35 foizdan ortgan. Shundan 16,5 foizi BQ.1 va qariyb 19 foizi BQ.1.1 variantlariga tegishli. Vaholanki, o‘tgan oy boshida bu ko‘rsatkich atigi 2 foizni tashkil etayotgan edi.
Prognozlarga ko‘ra, agar tegishli profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmasa, ushbu yangi mutatsiyalar yaqin kelajakda dominant versiyaga aylanishi mumkin. Negaki BQ.1.1 tez tarqalish xususiyatiga egaligi, ya’ni bir hafta ichida ikki baravar ko‘paya olishi laborator tekshiruvlar davomida tasdiqlangan.
Izoh (0)