Suriyaga borib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.
Ma’lum qilinishicha, 1995-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida internet orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Ularning ta’sirida 2019-yilda Suriyaga borib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)