Misrning Red Sea Airlines aviakompaniyasiga qarashli Sharm-ash-Shayx—Toshkent—Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Boeing 737 samolyoti ilk bor Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Qo‘nish 7-noyabr kuni Toshkent vaqt bilan soat 11:49 da amalga oshirildi. Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Sharm-ash-Shayxdan Toshkentga muntazam ravishda charter reyslari har hafta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Red Sea Airlines — Sharm-ash-Shayx xalqaro aeroportida joylashgan Misrning charter aviakompaniyasi hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekistondagi aeroportlarning yil boshidan beri umumiy foydasi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)