“Barselona” Chempionlar Ligasining 6-turida “Viktoriya” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa kataloniyaliklar guruh bosqichining barcha o‘yinida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. “Ko‘k-anorranglilar” jami 12 ta gol — 5 ta “Bavariya”dan, 4 ta “Inter”dan va 3 ta “Viktoriya”dan o‘tkazib yubordi.
XXI asrda “Barselona” biror marta guruh bosqichining barcha o‘yinlarida gol o‘tkazib yubormagan edi. Eslatib o‘tamiz, 2003/04-yilgi mavsumda jamoa Chempionlar Ligasida ishtirok etmagan.
Ispaniya chempionatida esa kataloniyaliklar himoyasi ancha ishonchliroq harakat qilmoqda. Ortda qolgan 12 turdan so‘ng Xavi shogirdlari 4 ta gol o‘tkazib yubordi (3 tasi “Real”dan, yana biri “Real Sosyedad”dan).
“Barselona” C guruhida 3-o‘rinni egallab, o‘z yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Izoh (0)