“Barselona” sobiq murabbiyi, hozirda “Vilyarreal”ni boshqarayotgan Kike Setyen Lionel Messi bilan ishlash oson bo‘lmagani haqida gapirdi.
Messi haqida gapirishni hojati yo‘q. Messi 13 yildan buyon mening diqqat markazimda. Bu vaqt davomida “Barselona”ning o‘yinlarini tomosha qildim, uni jonli ko‘rish imkoniyatini kutdim. Xuddi shu tarzda uni yodga olmoqchiman.Setyen 2020-yil yanvar oyidan dekabrga qadar “Barselona” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Mutaxassis “ko‘k-anorranglilar” bilan 25 o‘yinda 16 ta g‘alaba va 5 ta durang natija qayd etgan. Qolgan 4 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.U meni xafa qilmagan deya olmayman. Menga yoqadigan va shu o‘rinda yoqmagan narsalar ham bor edi. Bunga qarshi esa kurashishga to‘g‘ri kelgan. U har bir o‘yinda 3 ta gol urib tursa, nima ham deya olardim?
Birga ishlash qiyin bo‘lgan futbolchilar doim bo‘lgan va buni qabul qilish lozim.
Kike Setyen, “Vilyarreal” bosh murabbiyi
Izoh (0)