O‘zbekiston banklari tomonidan joriy yilning yanvar—sentabr oylari davomida 53,3 trln so‘mlik daromad olingan. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Bunda foizsiz daromadlar 6,7 trln so‘mni, foizli daromadlar esa 46,6 trln so‘mni tashkil qilgan.
Banklarning foizsiz daromadlari o‘tgan yilga nisbatan4,3 trln so‘mga ko‘paygan. Foizli daromadlar bilan bu ko‘rsatkich 12 trln so‘mdan oshgan.
Yil boshidan beri O‘zbekistondagi banklar 2,2 trln so‘mlik foyda solig‘ini to‘lagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli 1 mlrd so‘mga ko‘p.
Banklar joriy yilda 7,1 trln so‘m sof foyda ko‘rgan. Ular tomonidan sentabr oyining o‘zida 1 trln so‘mlik sof foydaga erishilgan.
Yanvar—avgust oylariga ko‘ra sof foyda miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 trln so‘mga ko‘paygan.
Avvalroq O‘zbekistonda banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish taklif qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)