“Napoli” A Seriya 11-turida “Roma”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Neapolliklar joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 15 ta o‘yinning 13 tasida g‘alaba qozondi va ikkita durang qayd etdi. “Napoli” “PSJ” va “Real” bilan birgalikda joriy mavsum top-5 ligalar klublari orasida mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.
So‘nggi bor “Napoli” 31-avgust kuni “Fiorentina”ga qarshi bahsda (0:0) ochko yo‘qotgandi. Shundan keyin jamoa qatorasiga 11 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, to‘plar nisbati — 33:10.
“Napoli” g‘alabali seriya borasida klub rekordini takrorladi. Rekord 1986-yil o‘rnatilgandi. O‘shanda tarkibida Maradonasi bor neapolliklar apreldan sentabrga qadar ketma-ket 11 o‘yinni g‘alaba bilan yakunlagandi.
Luchano Spaletti jamoasining keyingi raqibi “Reynjers” bo‘ladi. Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yin 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)