“Lester” Premyer Liga 13-turidan o‘rin olgan bahsda “Vulverhempton”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Tulkilar” hujumchisi Jeymi Vardi APL joriy mavsumidagi ilk golini urdi. Bu Vardi uchun Angliya oliy divizionida 30 yoshdan keyin urilgan 100-gol bo‘ldi. Jeymi bu ko‘rsatkichni qayd etgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Bu borada ikkinchi o‘rinda Ian Rayt (93) bormoqda, undan keyingi o‘rinlarni Alan Shirer (84), Frenk Lempard (82) va Teddi Sheringem (77) egallab turibdi.
35 yoshli futbolchi ushbu uchrashuvda gol urishdan tashqari bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Izoh (0)