“Barselona” rahbariyati “Real”ga uchralgan mag‘lubiyatga qaramasdan, Xaviga ishonishda davom etadi.
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati o‘tgan haftada Chempionlar Ligasida “Inter” bilan durang, La Ligada “Real”ga 1:3 hisobidagi uchralgan mag‘lubiyatdan xafa.
Qoniqarsiz natijalarga qaramasdan, kataloniyaliklar rahbariyati Xaviga ishonmoqda, murabbiy La Liganing navbatdagi turlari doirasidagi “Vilyarreal” va “Atletik”ka qarshi bahslarda vaziyatni o‘nglay oladi deb hisoblamoqda.
“Barselona” Xavini iste’foga chiqarish variantini ko‘rib chiqmayapti. U jamoani qayta qurishga tayyor murabbiy sanaladi. Shu bilan birga murabbiydan bir vaqtning o‘zida bir nechta jihatlar bo‘yicha o‘sish kutilmoqda — rahbariyat jamoaga loyiq bo‘lganlar tarkibda bo‘lishini, shuningdek, top-o‘yinlarda yaxshiroq futbol ko‘rsatishni kutmoqda.
Rahbariyat FIFA kunlaridagi tanaffusdan so‘ng “Barselona”ning natijalari bunchalik yomonlashganini tushunmayapti. Xalqaro bahslar uchun tanaffusdan keyin jamoa La Ligada “Malyorka” (1:0) va “Selta”ga (1:0) qarshi o‘yinlarda qiyin g‘alabaga erishdi, Chempionlar Ligasida “Inter” (0:1, 3:3), La Ligada “Real”ga (1:3) qarshi bahslarda omadsiz natija qayd etdi.
Kataloniyaliklar prezidenti Xoan Laporta juda g‘azablangan va o‘zini ojiz his qilmoqda. U to‘rtta iqtisodiy dastakni faollashtirib, transferlar uchun 200 million yevro sarfladi va raqobatbardosh jamoa shakllantirdim deb o‘ylagandi. Shu o‘rinda Laporta Xavi jamoaning qayta qurilishi jonbozlik ko‘rsatayotgani va unga vaqt berish kerakligini tushunib turibdi.
Rahbariyat “Barselona” La Liga chempionligi uchun “Real” bilan kurashda davom etishiga ishonmoqda.
Izoh (0)