11-oktabrga o‘tar kechasi Ozarbayjonning Vashingtondagi elchixonasi xizmat avtomobili o‘qqa tutildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Elchixona hodisa haqida AQSH huquq-tartibot organlarini xabardor qilgan va kuzatuv kameralaridan olingan videoni taqdim etgan.
Ozarbayjon TIV AQSH elchisi Xyugo Guyevarani chaqirib, unga voqea yuzasidan xavotir bildirgan va Vashingtondagi Ozarbayjon diplomatik missiyasi xavfsizligini ta’minlashni so‘ragan.
Avgust boshida Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga hujum uyushtirilgan, o‘shanda voqeani sodir etishda diniy radikallar gumon qilingan edi. Ular bino balkoniga chiqib, diniy bayroqni o‘rnatgan va shiorlarni baralla aytgan. Politsiya aralashuvidan keyin elchixonaga hujum qilganlar qo‘lga olingan.
Izoh (0)