Krishtianu Ronaldu hamon “Manchester Yunayted”dan ketish haqida o‘ylamoqda.
The Times nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi Qatardagi mundialdan so‘ng yangi jamoaga o‘tishiga umid qilmoqda.
Erik ten Hag ham fikrlari bir joydan chiqmayotgan futbolchi bilan xayrlashishdan mamnun bo‘lishini bildirgan.
Endi gap “Manchester Yunayted” rahbariyatida qolgan.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi Devid Bekhem bilan “Inter Mayami” klubiga o‘tishi borasida suhbatlashgani xabar qilingandi.
Izoh (0)