Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya iqtisodni yuqori energiya narxlarining salbiy ta’siridan himoya qilish uchun Rossiyadan tabiiy gaz to‘lovlarining bir qismini 2024-yilgacha kechiktirishni so‘ramoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning “Botas” davlat kompaniyasi kechiktirish masalasini muhokama qilishda ishtirok etmoqda.

Agentlik bilan muloqotda “Gazprom”ga yaqin manba Turkiya hali kechiktirish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubormaganini ta’kidladi. Bu “Botas” Rossiya kompaniyasidan tegishli taklif olganida amalga oshiriladi.

2022-yilda Turkiya lirasi AQSH dollariga nisbatan 28 foizdan ortiq qadrsizlandi, bu esa mamlakatning energiya importiga qattiq qaramligi bilan bog‘liq.

Avvalroq sanksiyalar fonida Turkiyaning Rossiyaga eksporti yangi rekord darajaga ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi