Germaniya va Polsha ortidan Avstriya ham Rossiya elchisini mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.
Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar tufayli chaqirtirgan.
Agentlik Rossiya elchisini “aniq signal yuborish” uchun chaqirib, belgilangan hududlarda referendum o‘tkazishni “xalqaro huquqning qabul qilib bo‘lmaydigan buzilishi” deb atadi. Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi hamkorlar bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirganini ma’lum qildi.
Bungacha Rossiyaning Finlyandiya, Polsha, Latviya, Shvetsiya, Daniya, Italiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadagi elchilari ham tashqi ishlar vazirliklariga chaqirilgan edi. Sanab o‘tilgan davlatlar, shuningdek, boshqa Yevropa davlatlari, AQSH va boshqa bir qator mamlakatlar referendumlar o‘tkazish va subyektlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishini qoralagan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)