Toshkentda BMW YTHga uchragani, haydovchi mashhur qo‘shiqchi Zohid ekani aytilgandi. Shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 29-sentabr kuni taxminan soat 23:00 da 1990-yilda tug‘ilgan Z.R. o‘z boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari — 1995-yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996-yilda tug‘ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994-yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.
Hodisa yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Malumot uchun, ushbu ma’lumotlarni turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova Instagram sahifasiga joyladi va xalqdan turmush o‘rtog‘ini duo qilishlarini so‘radi. Bundan tashqari, u uch oylik homilador ekani va hozirgina turmush o‘rtog‘i uning yonidan yaxshi kayfiyatda ketganligini ham yozib qoldirgan. Bundan ikki kun avval Kamola turmush o‘rtog‘ining xiyonati sabab jiddiy kelishmovchilikka borganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)