• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro darajada tan olindi

    O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro darajada tan olindi. Bu haqda “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” xabar berdi.

    Foto: “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi”

    Foto: “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi”

    Har bir davlat iqtisodiyoti oldida turgan muhim vazifalardan biri bu, shubhasiz, eksport salohiyatini oshirish, jahondagi yangidan-yangi bozorlarga kirib borishdir. Ammo mamlakatlarning bozor borasidagi o‘z qonun-qoidalari, qonunchilik hujjatlari, tovar va mahsulotlarning kirib kelishiga aloqador talablari bor, jumladan, O‘zbekistonda ham.

    Qayd etilgan bu to‘siqlar aslida ichki bozor sifati va sofligini, iste’molchilar huquqlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Ularni bartaraf etish uchun har bir davlat milliy akkreditatsiya organlari Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik — ILAC kabi nufuzli tashkilotga a’zo bo‘lishi, ko‘p tomonlama bitimlarga qo‘l qo‘yishlari lozim.

    Bu a’zolik davlatlar uchun nima beradi?

    A’zo va ko‘p tomonlama bitimlarga qo‘l qo‘ygan davlatlar bir-birining mahsulot sifati sinovlarini o‘zaro tan oladi. Ya’ni “bir marotaba sinovdan o‘tkazib, butun dunyoda tan olish” tamoyiliga ko‘ra ish yuritadi. Bu esa, o‘z navbatida, bozorlarga erkin kirib borish imkoniyatini beradi. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlarining sifati xorijiy davlatlar iqtisodiyoti va jamiyati talabi darajasida bo‘lishiga, sifat ko‘rsatkichining yuqoriligi bilan ishonch qozonib, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf qilishga yordam beradi.

    Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, xorijiy davlatlar akkreditatsiya idoralari ILAC tashkilotiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirishi uchun o‘rtacha 5–6 yil talab etiladi (Qozog‘iston, Kolumbiya – 4 yil; Tailand – 5 yil; Rossiya, Yamayka – 6 yil; Belarus, Turkiya, Chili – 7 yilda a’zo bo‘lgan).

    Ammo xalqaro ekspertlar (Turkiya, Germaniya, Hindiston) tomonidan tizimni baholash bo‘yicha olib borilgan tahlillar O‘zbekiston akkreditatsiya markazining 3–4 yil (2019-2022-yillar) ichida nufuzli tashkilotlarga a’zo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan edi.

    Amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston akkreditatsiya markazi 2018-yil 19-mart oyida muxbir a’zo sifatida ILAC safiga qo‘shilgan va 2020-yil aprel oyida ILACning haqiqiy muxbir a’zosi sifatida tan olingan. Markaz oldida turgan keyingi vazifalardan biri mazkur xalqaro tashkilotlar doirasida amal qiluvchi akkreditatsiya natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama bitimga (ILAC-MRA) qo‘shilish va bu orqali mahalliy mahsulotlar eksport salohiyatini oshirish hamda jahon bozorida to‘siqlarsiz e’tirof etilishini ta’minlashdan iborat edi.

    Ushbu natijaga erishish uchun markaz o‘z faoliyatini tubdan xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro miqyosda talab qilinadigan barcha vazifalarni bajarish, bitimlarga a’zo bo‘lgan davlatning tajribalarini o‘rganish, xalqaro toifadagi ekspertlar bilan seminar va mahorat darslarini tashkil qilib, faoliyatni yanada takomillashtirishga e’tibor qaratdi. Mutaxassislarning malakasi oshirildi, laboratoriya xodimlari uchun ham qator o‘quv-mashg‘ulotlari olib borildi.

    2022-yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 8 nafar xalqaro ekspert (Gonkong, Hindiston, Tayvan, Eron, Malayziya, Shri-Lanka, Filippin, Indoneziya) “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK faoliyatini baholashdan o‘tkazib, xulosalarini berdi. Umumiy hisobda markaz faoliyati qoniqarli baholanib, kamchiliklar borasida tavsiyalar berildi. Ushbu kamchiliklar atroflicha o‘rganilib, bartaraf etildi va natijalar yozma ravishda xalqaro tashkilotlarga taqdim etildi.

    Barcha sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, 2022-yilning 14-sentabr kuni “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik – ILACning to‘la huquqli a’zosi safiga qabul qilindi va ISO/IEC 17011:2017 xalqaro standarti talablari hamda ILAC tartib-taomillariga muvofiq O‘ ZAKK, ISO/IEC 17025 sinov, ISO/IEC 17025 kalibrlash sohalarida akkreditatsiya natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama bitimga (ILAC MRA) qo‘shildi. Buning natijasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan sinovlar dunyoning 116 ta davlatida tan olinishiga erishildi.

    O‘ZAKK Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik– ILAC tashkiloti bilan birgalikdagi faoliyatga muhim ahamiyat qaratadi. Ushbu nufuzli tashkilot bilan aloqalar O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimini rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. ILAC Nizomining maqsadi, tamoyillari va vazifalaridan kelib chiqib O‘zbekiston akkreditatsiya markazi barcha majburiyatlarni so‘zsiz va bekam-u ko‘st bajarishni o‘z mas’uliyatiga oldi. Zotan, ILACga a’zo bo‘lish akkreditatsiya tizimining xalqaro standartlar asosida ishlashining kafolatidir.

    Ma’lumot uchun, Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiyalash hamkorligi (ILAC) 4 ta yirik mintaqaviy idoradan (Yevropa, Markaziy Amerika, Afrika va Osiyo Tinch okeani) tashkil topgan. Bugungi kunda dunyoning 116 ta davlati akkreditatsiya idorasi tashkilotning to‘la huquqli a’zolari hisoblanadi. Ya’ni, “ILAC MRA” – “Sinovlarni o‘zaro tan olish bitimi”ga qo‘shilgan.

    28.09.2022, 06:10   Izoh (0)   9159
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganning chekka hududlarida konteynerlarga joylashtirilgan 131 ta tibbiyot punkti ishga tushdi

    27.09.2022, 23:59

    Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)

    27.09.2022, 23:26

    Namangandagi mehmonxonada xodimlarni haqoratlab, ularga buyum uloqtirgan “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori ishdan olindi

    27.09.2022, 22:48

    Dasturlar eskirgan, fanlar soni chet eldagidan ko‘p, sifati unday emas: Mirziyoyev arxitektura-qurilish sohasida ilm ancha ortda qolayotganini bildirdi

    27.09.2022, 22:15

    “Daryo” kundaligida 27-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    27.09.2022, 21:40

    Haqoratomuz audiolar ortidan Surxondaryo viloyati hokimi jazolandi

    27.09.2022, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.