Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning fevral oyida Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirib, o‘zining tilida aytganda “harbiy operatsiya”ni boshladi.

O‘zbekistonliklarning mazkur masaladagi fikrini o‘rganish maqsadida, “Daryo” nashri kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

“Urushlar butun jamiyatga salbiy ta’sir qiladi. Rossiyada ham Ukrainada ham ishlash uchun borgan O‘zbekiston aholisi bor. Ularning hayotiga ham bu ta’sir qilishi aniq. Urush oqibatida jarohatlarga, yo‘qotishlarga ega bo‘lamiz”, — deya  fikrlarini bildirdi suhbatdoshlardan biri.

Yana bir aholi vakili ikki davlat o‘rtasidagi nizolarda Rossiyaning qo‘li baland kelishini ta‘kidladi.

“Ukraina va Rossiya— ikkalasi ham ahmoq. Urush qilmasdan yashayverish kerak. Odamlar o‘lib ketyapti. Oddiy odamlar tushungan narsani, rahbarlar tushinmayapti. Yer talashyaptimi, bilmayman.Ukraina Rossiyaga qaraganda kuchli davlat emas. Rossiya bilan olishmasligi lozim.  Indamasdan yashab yursa, yaxshi bo‘lar edi. Odamlar qochib ketmas, uylar vayron bo‘lmas edi. Rossiya kuchli davlat, yeri katta. Olishgani bilan baribir yuta olmaydi”

So‘rovnoma ishtirokchilaridan  biri esa, Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilinishiga nisatan o‘z munosabatini bildirdi.

“Putin dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan siyosatchi. Harbiy safarbarlik borasidagi fikrini to‘g‘ri deb hisoblayman. Urushda ko‘plab qurbonliklar berilmoqda. Shunday ekan, o‘z xalqidan askarlar yig‘ishi tabiiy hol. Bu narsani to‘g‘ri tushinish lozim. Har bir fuqaro o‘zining vatan oldidagi burchini bajarishi kerak. Bu yerda davlatning sha’ni haqida gap ketyapti”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi