Britaniyalik sayyoh 75 000 mil (120 ming km) masofani bosib o‘tib, dunyodagi eng yomon jamoat hojatxonalarini qidirib topdi. 58 yoshli Grem Aski buning uchun 150 ming funt sterling (169 ming dollar) sarflagan va 100 ta davlatga tashrif buyurgan, deb yozadi The Sun.
Aski dunyo bo‘ylab sayohati davomida yuzlab hojatxonalarni ko‘rgan va o‘z kitobida 36 ta “eng yomon hojatxonalar”ni tasvirlagan. Ular orasida O‘zbekistondagi hojatxona ham bor.
U odamlarning ko‘nglini ozdirmaslik uchun eng yomon hojatxonalarning faqat tashqi ko‘rinishini suratga olgan.
Izoh (0)