Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Xitoy raisi Si Szinpin 14-sentabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlat rahbari kutib oldi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 15-sentabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston–Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Xitoy raisi 16-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Izoh (0)