Qozog‘istondagi “Sberbank” o‘z nomini “Bereke Bank”ga o‘zgartiradi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, rebrending yaqin orada bo‘lib o‘tadi. “Sberbank” va “Bayterek” milliy xoldingi o‘rtasida 23-avgsut kuni aksiyalarni sotish bo‘yicha bitim tuzilgan edi. Kelishuv summasi e’lon qilinmagan.
Bank mijozlar oldidagi barcha majburiyatlarini bajarishda davom etadi. Mavjud mijozlarga bank mahsulotlari uchun barcha shartlar o‘zgarishsiz qoladi, — deyiladi “Bayterek Bank” bayonotida.
Avvalroq “Sberbank” joriy geosiyosiy vaziyatdan va bank mijozlari manfaatlaridan kelib chiqib, Qozog‘iston bozoridan chiqishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)