O‘zbekistonda 2022-yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 4123 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston – 160 ta;
- Andijon viloyati – 369 ta;
- Buxoro viloyati – 200 ta;
- Jizzax viloyati – 158 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 251 ta;
- Navoiy viloyati – 114 ta;
- Namangan viloyati – 398 ta;
- Samarqand viloyati – 448 ta;
- Surxondaryo viloyati – 248 ta;
- Sirdaryo viloyati – 137 ta;
- Toshkent viloyati – 419 ta;
- Farg‘ona viloyati – 508 ta;
- Xorazm viloyati – 183 ta;
- Toshkent shahri – 530 ta.
Izoh (0)