Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga hokim bo‘ldi.
Oq o‘rda matbuot xizmatining xabar berishicha, mamkakat prezidenti farmoni bilan 31-avgust kuni Darxan Satibaldi Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod qilindi.
Darxan Satibaldi 2019-yilning mart oyidan buyon Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh (0)