Hindiston rupiysi bugun bir dollar uchun o‘rtacha 80 birlikdan sotilmoqda, bu hind valyutasi 26-avgust kunidan boshlab 31 pitsga (bir rupiyaning yuzdan biriga) arzonlashganini anglatadi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kuzatishlar tarixidagi valyutaning minimal qiymati.
Bombey fond birjasining Sensex S&P BSE benchmark indeksi ham pasaydi — 966,68 punktga (1,64 foiz). Hindistonning yana bir fond indeksi NSE Nifty 283,90 punktga (1,62 foiz) tushib ketdi.
Valyuta konyunkturasi AQSH Federal rezerv tizimi siyosati bilan bog‘liq. Uning raisi Jerom Pauyell avvalroq AQSH regulyatori past inflyatsiyani nazorat qilish uchun keskin monetar usullarga murojaat qilish niyatida ekanini e’lon qilgan edi.
Shu fonda AQSH dollari indeksining o‘sishi va uning boshqa valyutalarga nisbatan mustahkamlanishi belgilangan.
Avvalroq rubl, tenge va yuan qadrsizlanishi fonida o‘zbek so‘mi mustahkamlanishni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)