Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yashash sharoitlari bilan tanishish, muammo va takliflarini aniqlash maqsadida mazkur hududdagi “Reneysans konstrakshn” korxonasida uchrashuv o‘tkazdi.
Ayollar bilan suhbat davomida ularning huquq va manfaatlari doimiy himoya qilinishi, moddiy yordam berish, yotoqxona, vatanga qaytishda ko‘maklashish kabi xizmatlardan foydalana olishlari tushuntirildi.
Shuningdek, agentlik vakolatxonasiga murojaat qilib, moliyaviy qiyin ahvolda qolgan G.J., X.Z., G.J., M.R.ga bir martalik moddiy yordam xizmati ko‘rsatildi.
Izoh (0)