“Bizning maqsadimiz Ukrainadagi inqirozni hal qilish uchun eng yaqin vaqtda Putin va Zelenskiyning uchrashuvini tashkillashtirishdan iborat”, — dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xalqqa qilgan murojaatida.
Avgust boshida Erdo‘g‘on va Putin Sochida muzokaralar o‘tkazgan edi. CNN Turk ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv davomida Rossiya prezidenti Zelenskiy bilan muzokaralar ehtimoli borligiga “ishora qilgan”.
18-avgust kuni Lvovda Ukraina va Turkiya prezidentlari hamda BMT bosh kotibi ishtirokida uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tdi. Uning yakunida Zelenskiy agar Rossiya qo‘shinlari Ukrainani tark etsagina RF bilan muzokaralar amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi. O‘z navbatida Erdo‘g‘on uch tomonlama uchrashuv natijalarini Putin bilan muhokama qilishini bildirdi.
Izoh (0)