Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Turkiyaning Mardin va Gaziantep provinsiyalarida yuz bergan yo‘l harakati hodisalari munosabati bilan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan holat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgan. Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan, jarohatlanganlar tezda sog‘ayib ketishini tilagan.
Izoh (0)