Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,69 so‘mga pastlab, 10 945,32 so‘mni tashkil qildi. Yevro 27,51 so‘mga ko‘tarilib, 11 144,52 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,61 so‘mga oshib, 180,54 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ushbu valyuta kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 10 970,01 so‘mni tashkil qilgandi. 17-avgust kuni qator tijorat banklarida dollarning sotuv kursi yana 11 000 so‘mdan oshdi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda naqd pul ko‘payishi ketma-ket to‘rtinchi oy rekord darajaga yetdi
Izoh (0)