Yevropada elektr energiyasi narxlari iyul oyida rekord darajada ko‘tarildi va bu davom etmoqda. Vaziyat yuqori energiya to‘lovlari bilan kurashayotgan iste’molchilarga bosim o‘tkazyapti.
Mamlakatlar jazirama va yaqin yillar ichida Rossiya energiyasiga qaramlikdan halos bo‘lish uchun kurashmoqda.
Buning oqibatida energiya ta’minoti borasida qiyinchiliklar tug‘ilyapti, bu esa narxlarning yanada oshishiga bir sabab.
Birgina Fransiyada mamlakat sotib olayotgan 1 MVt elektr energiyasi narxi 543 yevroga chiqib, rekordni qayd etdi. Germaniyada 1 MVt 414 yevroga teng.
“Daryo” boshqa mamlakatlardagi narxlar bilan tanishib chiqdi. Qulaylik uchun barcha narxlar so‘mda va kVtda ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda 1kVt elektr energiyasi narxi 295 so‘mga teng.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1kVt elektr energiyasi narxi:
- Qirg‘iziston — 112,9 so‘m;
- Qozog‘iston — 456,6 so‘m;
- Tojikiston — 250 so‘m.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 1 kVt elektr energiyasi narxi — 826,3 so‘m.
Turkiyada esa bu ko‘rsatkich biroz farqli — 1 kVt elektr narxi 554,5 so‘m.
AQSHning turli shtatlarida narxlar o‘zgarib turadi, o‘rtacha hisobda 1 kVt elektr energiyasi — 1 761 so‘m.
Janubiy Koreyada esa 1 kVt elektr energiyasi narxi 1 087 so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)