Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida haydovchi Damas avtomasinasida 71 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi. Holat tafsilotlarini viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi..
Qayd etilishicha, tumanning “G‘azg‘ontepa” mahallasi hududidan o‘tgan Jizzax–Qo‘qon A-376 yo‘lining 292-kilometrida yo‘l-ulov hodisasi sodir bo‘lgan.
Xususan, noma’lum avtomashina piyodani urib yuborgan. Ammo haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda “Baxt” mahallasida yashovchi 71 yoshli piyoda joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu qonunbuzarlikni Zomin tumani “Gulshan” mahallasida yashovchi fuqaro Damas avtomashinasida sodir etgani aniqlandi.
Izoh (0)