Myanma harbiylari mamlakatda 2021-yilning 1-fevralidan beri amal qilayotgan favqulodda holat tartibini yana olti oyga uzaytirdi. Bu haqda Global New Light of Myanmar gazetasi Milliy mudofaa va xavfsizlik kengashi bayonotiga tayanib, xabar berdi.
“Kengash a’zolari Konstitutsiyaning 425-moddasiga muvofiq e’lon qilingan favqulodda holatni yana olti oyga uzaytirish to‘g‘risida muvaqqat prezident Min Svening taklifini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi”, — deyiladi bayonotda.
2021-yilning 1-fevralida Myanmada hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tgandi. O‘sha kuni mamlakat parlamenti ish boshlashi, ya’ni hukumatning yangi tarkibini tasdiqlashi kerak edi. Armiya o‘zining siyosiy vaziyatga aralashuvini parlament saylovlari paytida saylovchilar ro‘yxatining soxtalashtirilgani va shu sababli boshlangan tartibsizliklar bilan izohladi.
Izoh (0)